“Windows” operatsion tizimidagi global nosozliklar sabab dunyo böylab parvozlar bekor qilinib, aeroportlar faoliyati töxtatilmoqda, telekanallarda uziliş kuzatilyapti.

Holat yuzasidan “Uzbekistan Airports” rasmiy munosabat bildirib, bu vaziyat Özbekistondagi xalqaro aeroportlarga ta’sir qilmaganini ma’lum qildi.

“Ayni damda barça aerodromlarda uçiş va qöniş jarayonlari odatdagidek davom etmoqda. Aviakompaniyalar yölovçilarni röyxatga olişda dasturiy nosozliklarga duç kelgan taqdirda, Uzbekistan Airports aviataşuvçilarga özining muqobil röyxatga oliş tizimini taklif qilişga tayyor”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Özbekiston aeroportlari xizmati parvozlar holati bilan rasmiy sayt yoki +99855 501 45 55 raqamidagi yagona aloqa markazi orqali tanişiş mumkinligini eslatgan.

Ma’lumot uçun, operatsion tizim bilan boğliq muammo “CrowdStrike” axborot xavfsizligi yeçimlari provayderining yangilanişidagi xato bilan boğliq bölişi mumkin. Foydalanuvçilar “Windows 10” qurilmalarida “kök ekran” çiqayotganidan şikoyat qilişgan.