O‘zbekiston | 07:56 / 19.07.2024
6733
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «G‘alabaning 40 yilligi» avtobus bekati qulab tushdi 

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasiga ko‘ra, yo‘lovchilarga zarar yetmagan, hozirda qayta qurish ishlari olib borilmoqda.

Foto: Videodan kadr

18 iyul kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan «G‘alabaning 40 yilligi» bekati qulab tushdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar berdi.

Hodisaga uning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan.

«Yuqoridagi holat oqibatida hech bir fuqaro va yo‘lovchiga zarar yetmagan bo‘lib, hozirda mas’ul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

2- va 5-avtobus saroyi tasarrufida bo‘lgan mazkur bekatda 11 dan ortiq avtobus yo‘nalishi harakatlanadi. Fuqarolardan xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda maxsus avtobus yo‘laklarida jamoat transportini kutishlari so‘ralgan.

Mavzuga oid