Hududlarda ötkazilgan reyd tadbirlarida noqonuniy ov bilan şuğullaniş holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi

Nazorat tadbirlarida Ovçi va baliqçilar sport birlaşmasining Andijon, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari bölinmalari ov yöllanmalarining töliq qaytarilişini nazoratga olmagani ma’lum bölgan. Xususan, ovçilar tomonidan 2020−2022 yillar davomida jami 9690 ta ov yöllanmalari qonunga zid ravişda foydalanilganidan söng qaytarilmagan.

Buning oqibatida ov yöllanmalaridan takroriy foydalaniş hamda noqonuniy ov qilişga şaroit yaratib berilgan.

Fuqarolardan kelib tuşgan köp sonli murojaatlar asosida Sirdaryo viloyati ov xöjaligining ov qiliş joylarini beriş töğrisidagi şartnomasi amal qiliş muddati 2022 yil 31 dekabrda tugagan bölsa-da, xöjalik tomonidan 2023 yil davomida 25 ming boş hayvonlarni ovlaş uçun noqonuniy yöllanmalar sotilgan.

«Ov qiliş va ovçilik xöjaligi töğrisida»gi qonunning 23-moddasi talablariga zid ravişda 20 ta holatda mazkur xöjalik tomonidan sotilgan ruxsatnoma asosida ovçilar tomonidan taqiqlangan muddatlarda 49 ta yovvoyi quş ovlangan.

2023 yildagi nazorat tadbirlarida respublika böyiça ov qiliş va baliq ovlaş qoidalarini buziş bilan boğliq jami 997 ta holat aniqlangan va 995 nafar şaxsga nisbatan 1,7 mlrd sömlik çoralar körilgan.

2024 yilning I va II çoraklarida ov qiliş va baliq ovlaş qoidalarini buziş bilan boğliq 287 ta holatda 298 nafar şaxsga nisbatan 957 mln sömlik jarima belgilangan.

Qonun buzilişi holatlari böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organlarga materiallar taqdim etilgan bölib, bugungi kunda huquqiy baho berilmoqda.