Qoraqalpoğiston Respublikasi Şumanay tumani hokimi örinbosari javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tuman hokimining moliya-iqtisod va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Abdikerim Bekbergenov «Tadbirkor virtual ofisi» orqali «YKN» MÇJ (nomi özgartirilgan) rahbari tomonidan yöllangan murojaatni bir oydan ortiq vaqt ötgandan keyin körib çiqqan.
«Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida»gi qonunning 27-moddasida murojaatlarni körib çiqiş natijalari va qaror qabul qiliş tartibi tasdiqlangan. Unga köra, murojaatlarni körib çiqişdan söng davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxslari har bir ariza va şikoyat böyiça qaror qabul qiladi. Bu haqda murojaatçiga darhol yozma yoki elektron şaklda xabar yetkazadi.
Qonunning 28-moddasida esa ariza yoki şikoyat masalani mazmunan hal etişi şart bölgan davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxsiga kelib tuşgan kundan e’tiboran 15 kun içida, qöşimça örganiş va (yoki) tekşiriş, qöşimça hujjatlarni sörab oliş talab etilganda, 1 oygaça bölgan muddatda körib çiqişi belgilab qöyilgan.
Mansabdor şaxs yuqoridagi harakati orqali «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida»gi qonun talablarini buzib, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 43-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uçun unga nisbatan Biznes-ombudsman devoni tomonidan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

















