Intellektual mulk bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha nazorat xaridlari amalga oshiriladi
Intellektual mulk sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha nazorat xaridlarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.
Intellektual mulk sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- nazorat xaridini tashkil etish va o‘tkazishni rejalashtirish qoidalari;
- nazorat xaridlari natijalari bo‘yicha intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini o‘rganish tartibi;
- intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini baholash mezonlari;
- nazorat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatni moliyalashtirish tartibi.
Adliya organlari tomonidan rejali nazorat xaridini amalga oshirish jadvali ilgari intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan sotuv nuqtalari faoliyatini tahlil qilish asosida shakllantiriladi.
Rejadan tashqari nazorat jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar, shuningdek davlat organlari tomonidan qonunchilik buzilishi faktlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Tovarlarni tekshirish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
- intellektual mulk obektining ro‘yxatdan o‘tkazilgan obektlar bilan iste’molchini chalg‘itish darajasigacha o‘xshashligi;
- tovarlarda mualliflik huquqi (turdosh huquqlar) obektlarini takrorlash yoki tarqatishda qonuniylikka rioya etilishi;
- tovar ishlab chiqaruvchilar va huquq egalari o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasining mavjudligi, shuningdek bunday shartnomalarning Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
09:43 / 08.01.2025
O‘zbekiston noyabrda oltinning dunyodagi ikkinchi yirik xaridoriga aylandi
11:45 / 29.11.2024
Xarid qilish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etiladi
13:57 / 29.10.2024
Skuter va samokatdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi
07:50 / 25.09.2024