«Respublikada ov qiliş va ovçilik xöjaliklari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoniga köra, Ekologiya vazirligiga quyidagi vakolatlar berildi:

- ovçilik xöjaligini yuritiş uçun ov qiliş joylarini beriş töğrisidagi şartnomaning namunaviy şaklini tasdiqlaş;

- ovçilik xöjaligini yuritişda texnik-iqtisodiy asosnoma materiallarining formatini tasdiqlaş;

- yuridik va jismoniy şaxslar bilan ovçilik xöjaligini yuritiş uçun ov qiliş joylarini beriş töğrisida şartnoma tuziş.

2024 yil 1 oktyabrdan ovçilarga ovçilik yöllanmasi yovvoyi hayvonlarni tutişga doir kvotalar asosida elektron dastur orqali beriladi.

2024 yil 1 oktyabrdan ovçilik guvohnomasini berişning quyidagi tartibi örnatiladi, jumladan:

- ovçilik guvohnomasini oliş uçun talabgorlarni maxsus öquv kurslarida öqitiş joriy etiladi;

- ovçilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, 18 yoşga tölgan, öquv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötgan jismoniy şaxslarga YaIDXP orqali 2 yil muddatga beriladi.

2024 yil 1 sentabrdan yovvoyi hayvonlarni köpaytiriş joylarini, kiçik safari parklar va ov turizmini taşkil qilgan ovçilik xöjaliklari 3 yil muddat mobaynida mol-mulk va yer soliğini 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari böyiça, şuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdorida tölaydi.