«Respublikada ov qiliş va ovçilik xöjaliklari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, 2024 yil 1 sentabrdan ovçilik xöjaligini taşkil etişning quyidagi tartibi örnatiladi:

- ov qiliş faqat ovçilik xöjaliklari hududida amalga oşiriladi va ovçilik xöjaliklari hududidan taşqarida ov qilişni amalga oşiriş taqiqlanadi;

- ovçilik xöjaliklarini taşkil etiş uçun yer yuridik va jismoniy şaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqiçlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:

1 bosqiçda – 10 yil muddatga;

- investitsiya va şartnomaviy majburiyatlarni bajariş natijalariga köra:

2-bosqiçda – 10 yil muddatga;

3-bosqiçda – 29 yil muddatga.

Bunda, 2 yil muddat içida yovvoyi hayvonlarni yetiştiriş va takror köpaytiriş böyiça pitomniklar infratuzilmasi yoki takror köpaytiriş uçastkasi taşkil qilinmasa, ijara şartnomasi bekor qilinadi.

elektron onlayn-auksion ğolibi bölgan yuridik va jismoniy şaxslarga ovçilik xöjaliklariga (ovçilik bazalari va pitomniklarga) tutaş hududdagi ov qiliş joylari ovçilik xöjaligini yuritiş uçun biriktirib beriladi.