SSV Toşkent şahrida ikki nafar şifokor muştumzör bemor va uning örtoqlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berdi.
27 iyul kuni soat 07:20 atrofida 1-son şahar klinik şifoxonasiga Sergeli tumanida yaşovçi 27 yoşli fuqaro B.I. ikki nafar örtoği — P.I. va S.B.lar hamrohligida olib kelingan.
Bemor zudlik bilan navbatçi travmatolog-şifokor A.A. tomonidan tibbiy körikdan ötkazilgan. Dastlabki tekşiruv davomida unga ikkala qöl-bilak sohalari, kökrak qafasi va qorin oldi devorining köplab kesilgan jarohatlari, gemorragik şok 2−3-daraja taşxisi qöyilgan.
Bemorning holati oğir, şok holatida deya baholanib, zudlik bilan qon töxtatiş va şokka qarşi birinçi tibbiy yordam körsatilgan hamda qöşma şikastlanişlar şoşilinç bölimining mikroxirurgiya örniga gospitalizatsiya qilingan.
Soat 07:40 da tanadagi köplab kesilgan jarohatlar inobatga olinib, u darhol xirurgik amaliyot ötkaziş maqsadida mikroxirurgiya operatsiya xonasiga olib kirilgan.
Amaliyotga tayyorlaş vaqtida bemor şifokor-mikroxirurg M.X.ga jiddiy qarşilik körsata boşlagan va tibbiyot xodimiga tarsaki tuşirib, uni haqorat qilgan. Şuningdek, B.I.ni tinçlantirişga urinişlar samara bermagaç, u operatsion stoldan tuşib, şifokorni qattiq döpposlay boşlagan.
Şundan keyin şifokor M.X. «102» telefon raqamiga qönğiroq qilib, yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan navbatçi qismga ma’lumot bergan.
Söngra u bemorning örtoqlari tomonidan ham kaltaklagan. Şu vaqtda şoşilinç xirurgiya bölimining navbatçi şifokori H.U. bemorga xirurgik amaliyotni bajariş uçun operatsion blokka kelgan. Yigitlar bu tibbiyot xodimini ham döpposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda şifokor huşidan ketib, karaxtlik-koma holatiga tuşgan va zudlik bilan reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.
Ötkazilgan dastlabki tibbiy tekşiruvlar davomida jabrlanuvçi şifokorga boş-miya yopiq jarohati, boş miya lat yeyişi örta darajasi, 3-bel umurtqasi çap yon qanotining yopiq sinişi, boş peşona qismi terisining şilingan jarohati, öng tomonlama lab burçagining yorilişi taşxisi qöyilib, şoşilinç reanimatsion çora-tadbirlar körilgan.
«Soat 10:30 da bemorning holati biroz ijobiy tomonga özgarib, huşiga kelgan va şok holatidan çiqarilgan. Ammo unda hali ham karaxtlik mavjud. Şu bois davo muolajalari jonlantiriş bölimida davom ettirilmoqda.

















