Toşkent şahrida ikki nafar şifokor bemor va uning örtoqlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgandi. SSV holat yuzasidan qöşimça tafsilotlarni oçiqladi. 

Unga köra, tibbiyot xodimlariga jiddiy tan jarohati yetkazgan uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işi doirasida 3 nafar ayblanuvçi şaxsga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanib, ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Bu borada Soğliqni saqlaş vazirligi tergov organi bilan yaqin hamkorlikda iş olib bormoqda.

Ayni paytda mazkur hodisa oqibatida jiddiy tan jarohati olgan şifokorlar — M.X. va H.U. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining neyroxirurgiya bölimida malakali şifokorlar nazorati ostida tegişli muolajalarni olmoqda.

— Bir neça yildan buyon tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan bölsam, avval heç bunday hodisaga duç kelmagandim, — deydi 1-son şahar klinik şifoxonasi mikroxirurgiya bölimi şifokori M.X. —  Uşbu voqeadan keyin oldimizga soğliqni saqlaş vaziri kelib, holimizdan xabar oldilar. Oçiği, bu e’tibordan juda xursand böldim.

Vazir biz bilan muloqotda tezroq soğayib ketişimizni va oilamiz bağriga qaytişimizni tilab, aybdorlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo belgilanişi uçun barça zarur çoralar körilişini ma’lum qildi. 

— Öşa kuni bölim mudiri qabul bölimiga bir bemor olib kelingani haqida xabar berdi, — deydi yana bir jabrlanuvçi şifokor H.U. — Şundan söng darhol operatsiya xonasiga çiqdim. U yerga borganimda tibbiy yordam körsatilayotgan bemor mikroxirurg-şifokorga qöl kötarayotganini körib, ularni ajratmoqçi böldim. Biroq qolganini eslolmayman. 

Vazir biz bilan cuhbatda mana şunday qiyin vaziyatda ham öz xizmat vazifamizga sodiq qolganimiz uçun alohida minnatdorlik bildirdi. Albatta, men şifokorlarga nisbatan bölayotgan bunday salbiy munosabatlarga tegişli huquqiy baho berilişiga işonaman.

Ma’lumot uçun, amaldagi qonunçilikka binoan tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki şu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravişda har qanday şaklda ta’sir ötkaziş javobgarlikka sabab böladi.