Tuproq öpirilişi tufayli Afrika va Şimoliy Amerikadagi ayrim jamiyatlar yöqolib ketiş arafasida turibdi. Şunday hududlardan biri Braziliya şimoli-şarqidagi Buritikupu şahridagi Batista şaharçasi. Aholi yaşaydigan yer ostidan ulkan kraterlar oçilib, köçalarni va uylarni yutib yuborgan, qurbonlar ham bor. Mutaxassislarga köra, yer öpirilişi taxminan 10 yil oldin boşlangan. Oxirgi yillarda yoğingarçilik 20-50 foizga oşgan. Natijada yer öpirilişi ham ikki va hattoki uç barobarga ortgan.

Mahalliy aholining aytişiça, yer öpirilişi arafasida zilzilaga öxşaş qimirlaş paydo böladi.

“Biz hududimizni taşlab boşqa joyga ketişga majbur bölyapmiz. Lekin boşqa hududlarning öz egalari bor. Oldinlari köçadan pastga tuşar edim. Biroq jarlik bunçalik yaqin emasdi”, – deydi şaharçada yaşab kelayotgan Kinşasa DrCongo.

Aleksandre Kadadaning uyi ham jarlik paydo bölgan hududga juda yaqin masofada joylaşgan. Bir kun öpiriliş uning uyiga yetib kelişidan xavotirlangani uçun ham oilasini boşqa joyga köçib ötişga majburlagan.

Uning aytişiça, 2022 yilda 62 odam – ular içida Aleksandrening qöşnilari ham bor – kuçli yoğingarçilik sabab yer öpirilişida vafot etgan. Hozir ham 100ga yaqin uy xavf ostida.

“Şu turgan joyimda bizning uyimiz, narigi tomonda esa qöşnim yaşar edi. U 4 bolasi bilan vafot etdi. 30-40 daqiqa içida jarlik oçilib ketdi va uylarning hammasi ğoyib bölib qoldi. Turar joylarimiz tanib bölmas holga keldi”, – deb hikoya qiladi Aleksandre Kadada.