Rasmiy axborotda bu çeklov odamlarni AQŞga noqonuniy yöl bilan yuborişni özining asosiy faoliyati qilib olgan sayyohlik agentliklari va turoperatorlarning rasmiylariga ham taalluqli ekani alohida qayd etilgan.

“Heç kim – na kontrabandaçilar, na xususiy kompaniyalar, na davlat amaldorlari va na boşqalar – zaif muhojirlar hisobidan foyda körmasligi kerak”, – deyiladi Davlat departamenti axborotida.

Bir neça oy oldin bunday çeklov noqonuniy migratsiyani taşkillaştiruvçi kompaniyalarning quruqlik, dengiz va havo transporti orqali odamlarni taşiş bilan şuğullanadigan mansabdorlariga nisbatan joriy etilgan edi. Endilikda çeklov doirasi kengaytirilib, turfirmalar va turoperatorlarning yuqori lavozimli amaldorlari ham “qora röyxat”ga kiritildi.

Avvalroq, 2023 yilda AQŞ çegarasini 50 ming nafar markaziy osiyolik noqonuniy kesib ötgani xabar qilingandi.