Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
Honkong mezbonlik qilgan musobaqada 10-sinf o‘quvchisi Jasurbek Rizoqulov bronza medalga ega chiqdi.
22-31 iyul kunlari Hongkongda o‘tgan Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida O‘zbekiston ilk marta sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.
52 ta davlatdan 250 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada Qashqadaryo viloyatidagi prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Jasurbek Rizoqulov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston uchun iqtisodiyot olimpiadasidagi ilk medal sifatida tarixga kirdi.
O‘zbekiston ushbu olimpiadada besh kishilik tarkib bilan ishtirok etgan. Ushbu tarkib esa joriy yilning aprel oyida aniqlangandi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasi (IEO) har yili butun dunyo bo‘ylab o‘rta maktab o‘quvchilari uchun iqtisod va moliya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovdir.
Musobaqa 2007 yilda iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Erik Maskin tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Olimpiada butun dunyo bo‘ylab o‘rta maktablarda iqtisodiyot va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ta’limni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazib kelinadi.
Mavzuga oid
10:10 / 11.07.2026
Jahonning eng kuchli yosh dasturchilari O‘zbekistonda jamlanadi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
08:48 / 27.06.2026