Jamiyat | 14:49 / 01.08.2024
6439
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi

“Nexia-2” haydovchisi asosiy yo‘ldan kelayotgan yuk mashinasini o‘tkazib yubormasdan burilgan. Oqibatda yuk mashinasi “Nexia-2” bilan to‘qnashgan.

Andijon viloyati Baliqchi tumanida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 1 avgust kuni sodir bo‘lgan.

61 yoshli T.A. “Nexia-2” mashinasini Baliqchi tumani markazi tomonidan boshqarib kelib chorrahada asosiy yo‘ldan kelayotgan “Zil-130” yuk mashinasini o‘tkazib yubormagan va chap tarafga keskin burilgan.

Shunda “Zil-130” haydovchisi tormoz bosishga ulgurmasdan “Nexia-2” bilan to‘qnashgan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan “Nexia-2” haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan, Baliqchi tumani IIB Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid