Gurjistonda 1 avgust, payşanba kuni ommaviy noroziliklarga sabab bölgan «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun kuçga kirdi. Huquqiy normada daromadining kamida 20 foizini xorijdan oladigan nodavlat notijorat taşkilotlari va ommaviy axborot vositalariga davlat röyxatidan ötiş majburiyati yuklangan.
Qonun amal qilişi nazarda tutilgan taşkilotlar har yili Adliya vazirligiga daromadlar va xarajatlar deklaratsiyasini taqdim etişi şart. Uşbu talablarni bajarişdan böyin tovlaganlik uçun 25 ming lari (taxminan 8,5 ming yevro) miqdorida jarima solinadi.
Gurjistonda namoyişlar va prezidentning Konstitutsiyaviy sudga da’vo arizasi
Bahsli qonunning qabul qilinişi aprel oyi örtalaridan boşlab norozilik namoyişlari bilan birga kuzatilmoqda. Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili hujjatga veto qöyib, uni «çet el agentlari töğrisida»gi Rossiya qonunining nusxasi deb atadi, biroq hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi parlamentda köpçilik bölgani evaziga davlat rahbari vetosini yengib çiqdi.
Keyinçalik Zurabişvili Konstitutsiyaviy sudga da’vo arizasi bilan çiqdi. Ayni paytda Gurjiston hukumati «çet el agentlari» töğrisidagi qonun davlat suverenitetini mustahkamlaydi va jamiyatdagi qutblanişni kamaytiradi, deb da’vo qilmoqda.
YeI va AQŞning «çet el agentlari» haqidagi qonunga munosabati
«Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun Yevropa Ittifoqi va AQŞ tanqidiga sabab böldi. Şu tariqa, YeI davlatlari rahbarlari Gurjistonning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş jarayonini töxtatib qöydi va Tbilisini mudofaa sohasida qöllab-quvvatlaş uçun möljallangan 30 million yevroni muzlatdi.
Öz navbatida, Qöşma Ştatlar bir qator gurji siyosatçilar va huquq-tartibot idoralari xodimlariga viza berişni taqiqladi, şuningdek, Gurjiston bilan hamkorlikni qayta körib çiqişini e’lon qildi. Xususan, Vaşington Tbilisiga ajratiladigan 95 million dollarlik yordamni töxtatdi va Gurjiston bilan ötkaziladigan «Loyiq şerik» qöşma harbiy maşğulotlarini noma’lum muddatga qoldirdi.

















