HAMAS siyosiy lideri Ismoil Haniyaning öldirilişi hamon muhokamalar markazida. Haniya HAMASni qöllaşini oçiq aytadigan Eron poytaxti Tehronda xavfsizlik maksimal darajada ta’minlangan kunda öldirilgani esa bu borada şubhalar va tabiiyki konspirlogik qaraşlarni kuçaytirdi.

Avvalroq The New York Times Haniya HAMAS va Eron rasmiy ma’lumotida aytilganidek raketa zarbasi yoki uçuvçisiz kurilma yordamida emas, u Tehronda tunab qolgan uyda bomba portlaşi oqibatida halok bölgani haqida yozgandi. Britaniyaning Telegraph naşri ham bu versiyani quvvatlovçi yangi tafsilotlarni e’lon qildi.

Ingliz suriştiruvçilarining aniqlaşiça, Ismoil Haniyaning öldirilişi tölaligiça Isroil maxsus xizmati Mossad operatsiyasi bölgan. HAMAS liderini öldiriş uçun Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi agentlari yollangan va ular yordamida Haniya tunagan xonaga boma qöyişgan. May oyida yollangan agentlar Haniya tunab qolişi mumkin bölgan uçta xonaga bomba qöygan.

Avvaliga Raisiyning janozasi közlangan

Mossad avvaliga HAMAS liderini may oyida, aviahalokat oqibatida vafot etgan Eron marhum prezidenti Ibrohim Raisiyning janozasi vaqtida öldirişni közlagan, ammo öşanda operatsiya barbod böliş ehtimoli yuqoriligi sabab ortga surilgan. Eronda Ismoil Haniya öldirilganidan keyin xavfsizlikka mas’ul bölgan bir qator yuqori martabali mulozimlar, u tunab qolgan mehmon uyi xodimlari va hatto generallar qölga olingani aytilgandi. New York Times'ga köra, qölga olinganlar orasida Eron razvedkasi xodimlari ham bölgan.

Yaqin Şarqdagi voqealarni yoritadigan naşrlarda Isroil göyoki Tehron markazigaça kamikadze droni uçirgani, juda balanddan uçgan dron esa Haniya turgan xona ustiga aniq raketa taşlagani haqida yozgan. Ammo dron bu qadar aniq harakat qila olişi, bundan taşqari, Isroil droni Eron osmonida bu qadar erkin harakatlanişi şubhali ekani aytilmoqda.

Isroilning «ilmoqli» bayonoti

Isroil tomoni Haniyaning ölimi haqida heç qanday munosabat bildirgani yöq, ammo TsAXAL sözçisi bölmiş kontr admiral Daniel Hagari Isroil Haniya ölgan tunda Yaqin Şarqning biror davlatiga raketa uçirmagani yoki dron uçirmaganini ma’lum qilgan. «Biz seşanba kuni Bayrutga aniq aviazarba yöllab, Faud Şukrni öldirdik. Öşa tunda Yaqin Şarqning boşqa heç bir davlatiga Isroilning birorta raketasi yoki droni uçirilgani yöq. Bu aniq. Buni ortiq izohlay olmayman», degan Hagari.