Avstraliyaning Kvinslend ştatida uç nafar bolaning otasi bölgan şifokor söqmoq yöli qulaşi natijasida suvga tuşib ketib, timsoh hujumi qurboniga aylandi.

Qayd etilişiça, şifokor Deyv Xogbin rafiqasi va uç nafar farzandi bilan Kvinslendda hordiq çiqarayotganida, Kuktaun şahrida joylaşgan Annan daryosiga tuşib ketgan. Ayol turmuş örtoğini suvdan çiqarib olişga uringan, biroq u ham daryo qirğoği böylab sirpana boşlaganida erkak uning qölini qöyib yuborgan. Oila Xogbinning «sönggi fidokorona harakati»ni olqişlab, uni «qahramon» deb atamoqda.

Kvinslend politsiyasining ma’lum qilişiça, Kuktaundagi timsoh içidan topilgan qoldiqlar 3 avgust kuni bedarak yöqolgan 40 yoşli erkakka tegişli bölişi mumkin. Aniqlangan inson qoldiqlari hozirça rasman tasdiqlanmagan.

Nyukasllik umumiy amaliyot şifokori 4,9 metrli timsoh hujumiga uçragan vaqtda rafiqasi Jyeyn va uç nafar — yetti, beş va ikki yoşli öğillari bilan tabiat qöynida dam olayotgan bölgan. Ayolning sözlariga köra, oila daryo qirğoğidan 5 metr balandlikda joylaşgan söqmoq böylab harakatlanayotganida uning bir qismi qulab tuşgan va erkak suvdan çiqa olmay qolgan.

Ayolning aytişiça, u Xogbinga yordam beriş uçun pastga otilgan va qölidan tutib qolişga muvaffaq bölgan, ammo uning özi pastga sirpana boşlagan. «Deyvning oxirgi qat’iy qarori ayol ham pastga sirpanayotganini tuşunganida Jyeynning qölini qöyib yuboriş bölgan», — deydi marhumning rafiqasi intervyu olgan jurnalist Aleksis Keri.

«Biz şunçaki ta’tilimizning oddiy kunidan rohatlanayotgan edik va barçasi 30 soniya içida özgarib ketdi. U heç bir yomon iş qilmadi — aslida u barçasini töğri bajarardi, şunday bölsada, bu voqea sodir böldi… U meni qutqarib qoldi — oxirgi işi meni özi bilan tortib ketmaslik böldi», — deya ta’kidlaydi marhumning rafiqasi.

GoFundMe kraudfanding platformasida oilani qöllab-quvvatlaş maqsadida yaratilgan sahifa orqali 28,8 ming funt sterling töplangan.