Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilariga amalga oshirilgan hujumlarga toqat qilmaydi.
Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Iroqdagi «Ayn al-Asad» bazasiga qilingan hujum natijasida amerikalik armiya askarlarining jarohat olganini izohlar ekan, aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum ortida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan shia jangchilari turibdi. Biroq voqea yuzasidan tergov hali yakunlanmagani uchun u aniq bir guruh nomini aytmadi.
Pentagon rahbarining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Isroilni himoya qilish uchun Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqda.
Shu bilan birga, u vaziyat keskinlashuvining pasayishi mintaqadagi barcha mamlakatlarga foyda keltirishini ta’kidladi. Ostinning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar bu yo‘nalishda faol harakat qilmoqda.











