BYD kompaniyasi Özbekistonda sotuvga çiqaradigan ye2 modelining rasmiy narxlari muddatidan oldin internetda tarqaldi. Ma’lum qilinişiça, BYD e2 narxi 242 million söm (19300 dollar)dan boşlanadi.
“Avtostrada” naşriga köra, BYD e2 Comfort’ning eng arzon versiyasi 242 million söm. Ayni modelning Luxury komplektatsiyasi xususiy avtosalonlarda 200 million sömdan sotiladi, demak işlab çiqaruvçida narxlar 42 million sömga qimmatroq.
“Bundan taşqari, uşbu narxga Xitoydan avtomobilni olib keliş, QQS, qayta işlaş tölovi, sertifikatlaş va bojxona tölovlari kiradi. Bundan taşqari, ba’zi “kulrang” dilerlar maşinaga 2 yillik kafolat beradi”, - deb yozadi naşr.
Ma’lumot uçun, “Özavtosanoat” joriy yilning iyul oyida BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlari bilan yangi modellarni işlab çiqariş böyiça kelişuvga erişgani, bu modellar BYD Seagull va e2 bölişi xabar qilingandi.
Avvalroq, BYD Uzbekistan Factory boş direktori Şafqatbek Alimov Özbekistonda işlab çiqarilgan BYD’lar çetdan olib kelinadiganlaridan arzon bölişini aytib ötgandi.
Prezident bilan tadbirkorlar uçraşuvi oldidan 26 iyulda bölib ötgan avtomobilsozlik va elektrotexnika sohasi tadbirkorlari bilan oçiq muloqotda esa SSP raisi Davron Vahobov elektromobil importiga boj kiritişni “100 foiz” qöllab-quvvatladi.
Tadbirda Özbekistonda KIA avtomobillarini işlab çiqarayotgan ADM Jizzakh kompaniyasi boş direktori Doniyor Davletyarov mahalliy bozor “haddan taşqari töyingani va qizib ketgani”ni iddao qilib, jismoniy şaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga soliş va elektromobillar importi uçun bojlarni qayta tiklaş taklifi bilan çiqqandi. Bu taşabbusning içki bozordagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir qilişi sababidan Davletyarovning fikrlari jiddiy tanqidlarga uçradi

















