Rossiya qöşini 9 avgust kuni soat 11:05 da Donetsk oblasti Kramatorsk rayoni Konstantinovka şahriga raketa zarbasi yölladi. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filaşkinga köra, rossiyalik harbiylar «şaharga X-38 raketasi bilan aviazarba yöllagan va supermarketni aniq nişonga olgan». Avvaliga Filaşkin şahar stvolli artilleriyadan öqqa tutilganini aytgandi. Ukrain naşrlariga köra, zarba «Ekomarket» dökoniga kelib tuşgan. Boş prokuror ofisi aniqlik kiritişiça, bu oziq-ovqat va xöjalik mahsulotlari dökonlarini öz içiga olgan savdo markazi bölgan.

Sönggi ma’lumotlarga köra, Konstantinovkaga zarba oqibatida 11 kişi halok bölgan, deya xabar bergan Ukraina boş prokurori ofisi. Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatiga köra, yaralanganlar soni 44 nafarni taşkil etmoqda.

Zarba oqibatida savdo markazida yirik yonğin yuzaga kelgan. Soat 13:50 da Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko qutqaruvçilar ming kvadrat metr maydonagi yonğinni öçirişgani haqida xabar qilgandi. Zarba tufayli supermarketdan taşqari törtta xususiy uy, töqqizta dökon, avtomoyka, «Novaya poçta» terminali, savdo pavilyonlari va 12 ta avtomobil şikastlangan.

«Novaya poçta» xabar berişiça, «rossiyaliklarning savdo markazini möljallab bergan zarbasi oqibatida» kompaniya bölimi butunlay vayron bölgan. Xodimlardan birida kontuziya kuzatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, jönatmalarning bir qismi butun qolgan.

Konstantinovkada qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.

Ukraina hukumati Rossiya qöşinini terror amalga oşirişda ayblagan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «rossiyalik terrorçilar» «oddiy supermarket va poçta»ga zarba berganini aytgan: «Rossiya bu terror uçun javob beradi va biz dunyo kelgusida ham Ukraina bilan bölişi, bizning himoyalanişimizga kömak berişi va odamlarimiz hayotini saqlab qolişi uçun barça işni qilamiz».

Şunga öxşaş fikrni Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ham aytib ötgan. «Konstantinovkada supermarket böylab zarba — rossiyaliklarning navbatdagi terrori. Oddiy fuqarolar bilan urişiş — bu ular biladigan yagona iş», — degan Yermak. Ukraina boş vaziri Denis Şmigal ham Konstantinovkaga hujum yuzasidan munosabatida rossiyalik harbiylarni «terrorçilar» deb atagan.

Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filaşkin Rossiya qöşini «odamlar töplanib turgan joyga navbatdagi marta qasddan zarba bergani»ni ta’kidlagan. «Rossiyaliklardan navbatdagi terror akti», — deya qöşimça qilgan u.