Rossiya prezidenti Vladimir Putin «nomaqbul» xorijiy taşkilotlar faoliyati töğrisidagi 284.1-moddaga özgartiriş kiritiş haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda 8 avgust, payşanba kuni e’lon qilingan hujjatlarda aytilgan.

Qonun hujjatlari matnidan «nodavlat» sözi çiqarib taşlandi, şuning uçun xorijiy davlat iştirokidagi taşkilotlar ham «nomaqbul» deb tan olinişi mumkin.

Bunday taşkilot faoliyatiga jalb qilinganlik uçun maksimal jazo - bir qator lavozimlarni egallaş huquqidan mahrum qilingan holda tört yilgaça. Moliyalaştirilgan taqdirda muddat beş yilgaça, faoliyatni taşkil qilişda - olti yilgaça.

«Qonun çöziluvçan bölib, sudsiz va obektiv mezonlarsiz mustaqil OAV, faollar uyuşmalari va boşqa guruhlar röyxatga kiritilib, ularni «xorijiy nohukumat taşkilotlari» deb ataş mumkin böladi», deb yozdi huquqşunos Anastasiya Burakova özining Telegram-kanalida.

Uning taxminiga köra, özgarişlardan söng Xalqaro jinoiy sud (XJS) yangi röyxatda birinçilardan bölişi mumkin.

«Biz Putin va boşqalarni hibsga oliş uçun berilgan orderlar tufayli sudyalar va prokurorlarga nisbatan jinoiy işlarni kördik. Menimça, Boş prokuratura ğazablangan holda Yevropa kengaşi va boşqa xalqaro taşkilotlarga qarşi xuddi şunday qaror qabul qilişi mumkin», dedi Burakova. Uning sözlariga köra, «nomaqbul» taşkilotlarga murojaat qilgan ekspertlar va advokatlar, şuningdek, bunday holatda ariza beruvçilar ta’qib xavfi ostida böladi.

2024 yil 25 iyun kuni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Boş ştabi rahbari Valeriy Gerasimov va sobiq mudofaa vaziri Sergey Şoyguni hibsga olişga order berdi. Ular Ukrainaga qarşi uruş paytida uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlarda gumon qilinmoqda.

2023 yil bahorida XJS, şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani ukrainalik bolalarning Rossiya Federatsiyasiga deportatsiyasi munosabati bilan hibsga olişga order berdi Rossiya hukumati bu bolalar xavfsizligi uçun qilinganligini ta’kidlamoqda.

Rossiyadagi «nomaqbul» taşkilotlar

Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan keyin Rossiyada «nomaqbul» taşkilotlar soni keskin ösişni boşladi. Jurnalistlarning hisob-kitoblariga köra, 2022 yilda Rossiya hukumati 23 taşkilotni «nomaqbul» taşkilot deb tan olgan, 2023 yilda – 58 ta.