Ostona jinoyat işlari böyiça tumanlararo sudi Qozoğistonning sobiq içki işlar vaziri Yerlan Turğumbayevni 5 yilga şartli ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar beradi «Zakon.kz».

Qayd etilişiça, prokuror 2022 yil yanvardagi namoyişlarga doir iş böyiça mansab vakolatini suiiste’mol qilişda ayblangan sobiq vazirga 5 yil qamoq jazosini söragan. Sud öz aybiga iqror bölgani, çin köngildan puşaymonligini inobatga olib, Turğumbayevga nisbatan şartli jazo tayinladi.

Sud hukmiga köra, şuningdek, IIV sobiq rahbari 10 yil muddatga muayyan lavozimlarni egallaş huquqidan mahrum etilgan. Bundan taşqari, sud Qozoğiston prezidentiga Turğumbayevni maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qiliş taklifini kiritgan.

Sobiq vazir 2024 yil aprel oyi oxirida oğir oqibatlarga olib kelgan hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilişda gumonlanib hibsga olingan edi. Uşbu moddaning eng yuqori jazosi 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qilişni nazarda tutadi.

Turğumbayev Qozoğiston Içki işlar vazirligini 2019 yil fevralidan boşqargan va yanvar voqealaridan köp ötmay – 2022 yilning 25 fevralida işdan böşatilgan edi. Keyin, taxminan, olti oy davomida, 2022 yil 17 avgustgaça u prezident Qosim-Jömart Töqayevning maslahatçisi, 2013 yildan esa — Şanxay hamkorlik taşkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ŞHT MATT) maslahatçisi sifatida qayd etilgan.

2022 yil yanvar oyida Qozoğistondagi namoyişlar

2022 yil boşida Qozoğiston janubi-ğarbidagi Janaözen şahrida gaz narxi oşişiga qarşi mitinglar boşlangandi. Namoyişlar tez orada butun mamlakat böylab iqtisodiy va siyosiy talablar bilan ommaviy norozilik namoyişlariga aylangan. Ba’zi viloyatlarda 5 yanvarga ötar keçasi ma’muriy binolar, politsiya bölimlari va dökonlarga hujumlar uyuştirilgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, tartibsizliklar davomida 225 kişi, jumladan, 19 huquq-tartibot idorasi xodimi halok bölgan, 4500 dan ortiq kişi jarohatlangan. Birgina sobiq poytaxtning özida norozilik namoyişlari va tartibsizliklar böyiça 2700 dan ortiq odam qölga olingan. Prezident Qosim-Jömart Töqayev hukumatni iste’foga çiqargan va mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgan edi.