Joriy haftaning dastlabki savdo sessiyasi deyarli barcha yirik fond bozorlarining qulashi bilan esda qoldi. Bunga avvalgi hafta bo‘lib o‘tgan Federal zaxira tizimining (FZT) yig‘ilishida foiz stavkasi o‘zgarishsiz saqlab qolinishi va hafta so‘ngida mehnat statistikasining prognozlardan yomon chiqishi, shuningdek, Yaqin Sharqda keskinlik yanada avj olishi haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 5 avgustdan 9 avgustgacha bo‘lgan davrda Xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.  

AQSh top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 5344 (hafta boshidan -0,04 foiz, yil boshidan +12,04 foiz);
  • NASDAQ – 18513 (hafta boshidan +0,39 foiz, yil boshidan +10,03 foiz);
  • DJI – 39497 (hafta boshidan -0,6 foiz, yil boshidan +4,8 foiz).

AQSh fond indekslari navbatdagi haftani qulash bilan boshlaganlariga qaramay, hafta davomida tiklanishga urindi. Dow Jones va S&P500 indekslari mos ravishda 240 va 3 punkt pasaygan bo‘lsa, NASDAQ indeksi oldingi haftaga nisbatan 72 punkt ko‘tarildi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2430 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -0,48 foiz, yil boshidan +17,84 foiz;
  • Kumush – 27,4 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -3,91 foiz, yil boshidan +15,59 foiz;
  • Alyuminiy – 2266 dollar (1 tonnasi) hafta boshidan +1,58 foiz, yil boshidan -4,83 foiz:
  • Mis – 4,01 dollar (1 funti) hafta boshidan -3,34 foiz, yil boshidan +2,93 foiz.

Tashqi turli risk va voqealarga qaramay qimmatbaho metallar arzonlashdi. Hafta davomida oltin, kumush,va mis mos ravishda 11,62 dollar, 1,12 dollar va 0,14 dollarga qiymatini yo‘qotdi. Faqatgina alyuminiy 35,2 dollarga qimmatlashdi.

Neft

  • WTI – 77 dollar (hafta boshidan +3,9 foiz, yil boshidan +8 foiz);
  • BRENT – 79,7 dollar (hafta boshidan +3 foiz, yil boshidan +3,45 foiz).

Hafta davimida neftning WTI markasi 2,89 dollarga, BRENT esa 2,32 dollarga qimmatlashdi.

Valutalar

  • USD/EUR: +0,05 foiz (yil boshidan -1,11 foiz);