Talabalar öqişini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, şuningdek, Özbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga köçiriş uçun test sinovlari 19-20 avgust kunlari bölib ötadi. Bu haqda Bilimlarni baholaş agentligi mas’ullari ma’lum qildi. Test sinovlari ikki smenada taşkil etiladi. Birinçi smena 08:00 dan 11:00 gaça, ikkinçi smena esa 15:00 dan 18:00 gaça.
Ma’lumot uçun, test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan böyiça ötkaziladi. Majburiy bölgan 3 ta fan - ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Özbekiston tarixi fanidan 10 tadan jami 30 ta savol beriladi. Har bir savolga 1,1 ball berilib, jami töplaş mumkin bölgan ball – 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yönalişiga mos bölgan 2 ta mutaxassislik fanning har biridan 30 tadan savol beriladi. Fanlarga mos ravişda 3,1 va 2,1 balldan beriladi. Ikkita fandan jami töplaş mumkin bölgan ball – 156 ball. 5 ta fandan töplaş mumkin bölgan maksimal ball esa 189ni taşkil qiladi.
Agentlik talabgorlardan test sinovi ötkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan keçikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelişlarini söragan Talabgorlar test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnomani Bilimni baholaş agentligining my.uzbmb.uz saytidan olişlari mumkin.

















