Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida keyingi oy ötkaziladigan saylovlarda Liberal-demokratik partiyasidan (LDP) ikkinçi muddatga nomzodini qöymasligini ma’lum qildi.

«Sentyabrda vakolatim tugagunga qadar boş vazir sifatida qölimdan kelganini qilişda davom etaman», — deydi Kisida 14 avgust kuni ötkazilgan matbuot anjumanida.

Kisida uşbu «oğir qarorni» mamlakatda «siyosiy islohotlarni oldinga siljitiş» istagi sabab qabul qilinganini bildirdi. «Şaffof va oçiq saylovlar, erkin va energiyaga boy debatlar hozir har qaçongidan ham muhimroq. LDP özgarişini körsatadigan eng yaqqol birinçi qadam — bu mening iste’foga çiqişimdir», — deydi u. Şu bilan biga, hukumat rahbari siyosatda qoliş va partiyaning yangi rahbarini qöllab-quvvatlaş niyatida emas.

Reuters agentligini qayd etişiça, jamoatçilik tomonidan boş vazirni qöllab-quvvatlaş ançadan buyon susaygan, bu Liberal-demokratik partiya içidagi qator siyosiy mojarolar bilan boğliq. Xususan, Kisidaning LDP partiyasi tovlamaçilik va firibgarlik moddalari böyiça iş qözğatilgan «Birlaşuv çerkovi» xristian çerkovi bilan aloqalarga ega ekanligi aniqlangan. Bundan taşqari, saylov kampaniyasida partiya çerkovdan va bir qança noma’lum manbalardan mablağlar olgan. Bu esa aholi orasida savollarni keltirib çiqargan. Şuningdek, mamlakatda kuzatilayotgan inflatsiya sabab jamoatçilik noroziligi kuçaygan.

67 yoşli Kisida LDP raisi etib 2021 yilda saylangan edi, uning uç yillik vakolatlari sentabr oyida tugaydi. Saylovlarga qayta nomzodini qöymaslik partiya ovoz berişida ğalaba qozongan yangi yetakçi boş vazir lavozimi egallaşini anglatadi — çunki LDP parlamentda ikkala partiyani ham nazorat qiladi. Uşbu partiya 1955 yildan beri hokimiyatni uzluksiz boşqarib kelmoqda.