Parij-2024da Özbekistonga eng köp medal keltirgan boks turniri Olimpiada tarixida sönggi marta ötkazilgan bölişi mumkin. Xalqaro olimpiya qömitasi va Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) örtasida kuzatilgan sönggi yillardagi mojarolar oqibatida boks hozirça 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiya öyinlariga kiritilmagan. XOQning talabi aniq va unga köra, boks böyiça Parijda tengsiz mamlakat ekanini körsatgan Özbekistonni ham oldinda qiyin tanlov kutib turibdi.
XOQ xalqaro boks assotsiatsiyasini Olimpiya oilasidan nega çetlatildi?
2023 yilda Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) moliya, boşqaruv va hakamlik bilan boğliq muammolar tufayli Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tan olişi haqidagi qarorini bekor qildi. XOQ fikriga köra, 2020 yilda IBA taşkiloti rahbarligiga kelgan rossiyalik Umar Kremlyov vaziyatni yaxşilay olmadi. Oqibatda, tarixda birinçi marta Olimpiya sportining boşqaruv organi Olimpiya oilasidan çiqarib yuborildi.
IBA çetlatiş böyiça tavsiyani «jirkanç va mutlaq siyosiy» deb atadi va Sport arbitraj sudiga murojaat qildi. Biroq, sud tavsiyani töxtatib turiş töğrisidagi apellyatsiyani qabul qilmadi. Natijada, IBA taşkilotini Olimpiya oilasidan çiqarib taşlaş uçun XOQ qarori qabul qilinişiga heç narsa tösqinlik qilmaydigan böldi.

«Boks va boksçilar bilan heç qanday muammomiz yöq. Agar muammo bölganida, Tokio va Parijdagi musobaqalar ötkazilmagan bölardi. Biz boksni juda qadrlaymiz, ammo, afsuski, bizda IBA rahbariyati tufayli juda jiddiy muammolar mavjud. Biz boksni juda qadrlaganimiz sababli, boksçilar xalqaro federatsiya tomonidan adolatli va şaffof boşqaruvga loyiq deb hisoblaymiz», - degan XOQ rahbari Tomas Bax.
IBA boşqaruvi 2020 yilda Rossiya boks federatsiyasi rahbari, rossiyalik amaldor Umar Kremlyovga ötdi. U 2021 yilgaça assotsiatsiyaning barça muammolarini hal qilişga va’da berib, buni amalda bajardi. 2023 yilgi hisobotga köra, IBA qarzlarining katta qismi yopilgan. Şuningdek, Rio-2016 Olimpiadasidan keyin paydo bölgan hakamlik muammosi hal qilindi. Ammo Kremlyovning dalillari XOQ rasmiylarini işontira olmadi. Ötgan yil IBA Olimpiya oilasiga a’zolikdan butunlay çetlatilişi töğrisida qaror qabul qilingan. XOQ ijro qömitasi ilgari heç qaçon olimpiya sportining boşqaruv organiga nisbatan bunday qaror çiqarmagan edi.
Xalqaro olimpiya qömitasini IBA va Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi örtasidagi homiylik şartnomasi taşvişga solib kelayotgan edi. Energetika giganti bilan şartnoma 2022 yilning oxirida bekor qilinadi. Biroq, iyun oyi boşida XOQ IBA faoliyati töğrisidagi hisobotni e’lon qilib, Kremlyov dekabr örtalarida Abu-Dabidagi kongressda öz qöl ostidagilaridan «Gazprom» bilan hamkorlikni uzaytiriş imkoniyatlarini söraganini da’vo qildi. Bularning barçasi XOQ rahbariyatini yana bir bor IBA moliyaviy şaffofligi va işonçliligi haqida öylaşga majbur qildi. IBA öz faoliyatini audit qilgan Ernst & Young va PriceWaterhouseCoopers kompaniyalaridan yakuniy xulosalarni oşkor qilmaslikni söragan. XOQ buni ham şubhali harakat deb hisoblaydi.





















