2024 yil 15 avgust kuni Rossiyaning Irkutsk viloyatida Tu-22M strategik bombardimonçi samolyoti halokatga uçradi.

Ma’lum qilinişiça, samolyot Irkutsk viloyatidagi Belaya aviabazasi aerodromidan havoga kötarilgan va köp ötmay yerga qulagan. Guvohlarning sözlariga köra, samolyot qulaşdan avval havoda yona boşlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi samolyot texnik nosozlik tufayli qulab tuşganini ta’kidladi.

Avvalroq, 2024 yil aprel oyida Ukraina harbiylari Stavropol ölkasida Rossiyaga tegişli Tu-22M3 samolyotini urib tuşirgandi. Bu samolyotdan Rossiya armiyasi qanotli raketalar taşişda va Ukraina şaharlariga masofadan zarba berişda foydalanayotgan edi.

Öşanda Rossiya tomoni Tu-22M3 ukrainaliklar tomonidan urib tuşirilganini tan olmadi va samolyot halokatga uçraganini ma’lum qildi. Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov esa ukrainaliklar samolyotni urib tyuşiriş uçun uzoq kutganini va tayyorlanganini, oxiri buni uddalaganini aytib çiqdi.

Irkutskda qulab tuşgan Tu-22M qoldiqlari

Oradan bir muddat ötib, iyul oyi boşlarida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Tu-22M3 samolyotini olib qoçişga urinişning oldini olgani haqida xabar tarqatdi. Unga köra, samolyotni olib qoçişni Ukraina taşkillaştirişga uringan va rossiyalik harbiy uçuvçiga 2 mln dollar va’da qilgan.

“Sovuq uruş” davrining eng maxfiy samolyoti hisoblangan Tu-22M3 qanday samolyot va u nimalarga qodir?

Tu-22M3 tarixi

Tu-22M3 samolyoti tarixi 1950-yillar oxirida tayyorlangan Tu-22ga borib taqaladi. Bu samolyot loyihasini Tupolev boşçiligidagi konstruktorlik byurosi tayyorlagan.

Ilk samolyotning sinov parvozi 1958 yilda ötkazilgan. Tu-22ni seriyali işlab çiqariş 1959 yilda Qozondagi aviatsiya birlaşmasida boşlangan.

Dastlabki işlab çiqarilgan samolyotga Tu-22A 01 tartib raqami berilgan. Keyingilari şu taxlitda raqamlangan.

Harbiylarga dastlabki samolyotlar 1962 yilda yetkazib berilgan. Keyinçalik harbiy-havo kuçlariga qaraşli barça harbiy qismlar Tu-22 samolyotlariga ega bölgan.