Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostona aeroporti samolyotning favqulodda qo‘nishidan keyin yopildi
Ekipaj xatosi tufayli samolyot yo‘lakdan chiqib ketgan.
Foto: Ostona aeroporti axborot xizmati
Shveytsariya aviakompaniyasi samolyoti favqulodda qo‘nib, yo‘lakdan chiqib ketganidan so‘ng, Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri aeroporti parvozlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 17 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Tokiodan Tsyurixga uchayotgan Boeing 777-300ER samolyoti Ostona aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Bunga 50 yoshli yo‘lovchida insult alomatlari aniqlangani sabab bo‘lgan. Qo‘nish chog‘ida samolyot yo‘lakdan sirpanib chiqib ketgan.
«Samolyot soat 16:00 da muvaffaqiyatli qo‘nganidan so‘ng, burilish chog‘ida ekipaj xatosi tufayli sirg‘alib, yo‘lakdan chiqib ketgan», deyiladi xabarda.

Hodisada jabrlanganlar borligi haqida xabar berilmadi. Samolyotning keyingi taqdiri ma’lum emas.
Ostona aeroporti ikki soatga barcha reyslar uchun vaqtincha yopilgan. Oqibatda bir qancha muntazam reyslar kechiktirilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 15.11.2025
Andijonda zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga tushdi
11:37 / 13.11.2025
Toshkent aeroporti: shirinlik qadoqlaridan 322 dona dori chiqdi
18:36 / 12.11.2025
Toshkent xalqaro aeroporti uchib kelish zalida E-Gate tizimi ishga tushirildi
19:21 / 10.11.2025