Prezident tomonidan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyati mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlaşga, sudlar faoliyati haqida jamoatçilikni xabardor qilişga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun imzolandi.
“Davlat boji töğrisida”gi qonunga kiritilayotgan qöşimçaga köra, hukmlarning dublikatlari va köçirma nusxalarini berganlik uçun hujjat har bir beti uçun BHM 2 foizi miqdorida boj undiriladi.
Ma’lumot uçun: hukm e’lon qilinganidan keyin uç sutkadan keçiktirilmay, hajmi katta bölgan taqdirda esa, ön sutkadan keçiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan şaxsga berilişi lozim. Boşqa taraflarga hukm nusxasi yoki uning köçirmasi şu muddatda, ularning iltimoslariga asosan beriladi.
Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan bölsa, hukmning köçirma nusxasi unga qamoqda saqlaş joyining ma’muriyati tomonidan hukm kelib tuşgan kuni tilxat olib topşiriladi, tilxat köçirma nusxa topşirilgan sana va vaqt körsatilgan holda sudga taqdim etiladi.
















