Netanyahuning AQŞ kongressidagi nutqidan 22 kun ötib, Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos ham Turkiya parlamentida çiqiş qildi. Xöş, uning Ğazoga boriş haqidagi rejasi qançalik real?

«Geosiyosat»da Yaqin Şarqdagi eng muhim voqeliklar haqida siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Farhod Karimov öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

— Mahmud Abbosning Turkiya parlamentidagi çiqişi avvalgi tanqidlardan söng ramziy ma’nodami yoki real siyosiy vaziyatdan kelib çiqib bu amalga oşirildimi?

Farhod Karimov: Hamas birin-ketin öz siyosiy boşliqlaridan ayrilmoqda va dunyo siyosiy kuçlari yakdil qarorga kelmoqda. Falastinga Ğarbga va Isroilga mö’tadil bölgan siyosiy kuçlarni şakllantiriş masalasi körilayotganligi ta’kidlanmoqda. Agar şunday böladigan bölsa, Falastindagi ayrim siyosiy guruhlar navbatdagi Falastinda kim lider bölişi uçun özaro raqobatni boşlab yuborişadi. Hamasning boşliqlari yöqotilayotganligi uçun ham bu maydonga Fath kirib kelmoqda. Şu sababdan otni qamçilab qoliş maqsadida, Turkiya Falastindagi istiqboli mavjud taşkilotni qöllab-quvvatlamoqçi. Agar Falastinda mö’tadil vaziyatni şakllantiriş kerak bölsa, Turkiya ham bundan çetda qolmaslik uçun harakatni boşladi. Ikkinçidan bu yerda ramziy ma’no ham bor, faqat Isroil emas, boşqa siyosiy kuç bor ekanligini körsatib qöyiş uçun Turkiya maydonga çiqdi. Uçinçidan Falastinda siyosiy kuçlar köp ekanligini va ularni birlaştiriş masalasi ham turganligini inobatga olib, kimni qöllab-quvvatlaş kerakligi körsatib qöyilişi kerakligi uçun ham bu çiqiş ötkazildi. Ya’ni Hamasning siyosiy mavqei tuşayotganligini inobatga olib agar şunday holat yuzaga kelsa, Falastindagi boşqa siyosiy kuçlar Fath atrofida birlaşişi kerakligiga işora qilinayotganday.

- Mahmud Abbos Ğazoga bormoqçi bölsa, bu qanday amalga oşadi?

Kamoliddin Rabbimov: Bugungi kunda Ğazoga boriş, Isroil qöyayotgan şartlarni inkor qiliş bilan baholanadi. Mahmud Abbos Ğazoga borib, u yerda özining liderligini körsatmoqçi. Ammo Isroil 2023 yil 7 oktyabrdan beri na Hamas, na Fath bilan kelişuv amalga oşirilmaydi degan şartni qöyib kelmoqda. Va Isroil özi uçun Fathning raqibi sifatida öziga eng qulay şaxslarni izlayapti, ammo ularni hali topgani yöq. Kimki Falastin davlatçiligini istasa, bu Isroil uçun nomaqbul kuç sifatida baholanmoqda. Turkiya esa Yaqin Şarqdagi vaziyatni özgartirmoqçi. Turkiya bir tomondan Amerikani siqib çiqarişni istaydi va Rossiyaning mavqeining pasayişini istaydi. Bunda bir neça holatlarni misol keltiriş mumkin, Fath rahbari Turkiyaga keldi, undan avval Ismoil Haniyaning öğillari taklif qilindi, Erdöğan ularni qöllab ramziy dastagni ham berdi. Köp yillardan beri Iroq bilan Turkiya harbiy-strategik kelişuvlarni amalga oşirmoqda. Qolaversa, Rossiya orqali Suriyadagi Başir arablar ham kelişuvlarga intilmoqda va Turkiya bilan ham kelişuvlar amalga oşirilişi reja qilinmoqda. Bunda mintaqadan Amerikani siqib çiqariş harakatlari boşlangan. Ammo Turkiya va Isroil örtasida uzoq yillardan beri aloqalar mavjud bölgan, buni tezda uzib yuboriş ança murakkab, ammo Erdöğan öz va’dasida turib hozirgaça 10 milliardlik loyihalardan voz keçdi.