Avstraliya milliy universiteti Social Science & Medicine ilmiy jurnalida işçi xodimning bir haftada neça kun işlaşi kerakligiga doir tadqiqoti haqida ma'lumot berdi. Olimlar uzoq işçi haftasi (39 soatdan köp) xodimning salomatligini xavf ostiga qöyadi degan xulosaga kelişdi. 

Tadqiqotda Avstraliyaning 8000ga yaqin aholisi iştirok etdi. Olimlarning sözlariga köra, Avstraliyada uç işçidan ikki nafari işdagi majburiyatlariga haftasiga 40 soatdan köp vaqtini sarflar va bu ularning salomatligiga salbiy ta'sir körsatadi. Işdan taşqari uyga ham vaqt ajartişi muhim bölgan ayollarda bu muammo yanada çuqurlaşgan. 

Tadqiqotçilarning fikriça, haftada 39 soatdan köp işlaydigan kişilarda dam oliş, töğri va töyib ovqatlaniş, özini kerakliça parvariş qilişga vaqt qolmas ekan. "Bu insonning ham jismoniy, ham ruhiy salomatligiga salbiy ta'sir körsatadi", - deyişadi ular.

Olimlarning sözlariga köra, ayollarning iş haftasi 34 soatdan oşişi kerak emas. 

Britaniyaning Lancet ilmiy jurnali tomonidan çop etilgan boşqa tadqiqot mualliflari haftasiga 55 soatdan ortiq işlaşning xavfli tomonlariga işora qilişgan. Ularning fikriça, iş jarayoniga 55 soatdan ziyod vaqt sarflaydigan kişilarda insultga yöliqiş xavfi - 33 foiz, yurak işemik kasalligi xavfi esa 13 foizni taşkil qiladi. Şuningdek diabet rivoji, uyqu bilan boğliq muammolar va erta ölim xavfi oşadi.

Mutaxassislar 49 soatlik işçi haftasi salomatlikka sezilarli ziyon yetkazişini ta'kidlaşgan, 55 soatlik işçi haftasida esa xavf ortadi. 

2016 yilning iyulida Melburn amaliy iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar instituti olimlari şu mavzudagi yana bir hisobotni taqdim etişdi. Unga köra, 40 yoşdan oşgan xodimlar haftasiga 25 soatdan ortiq işlaşi mumkin emas. Olimlarning ta'kidlaşiça, bunday işçilar töliq bölmagan iş haftasi şaroitida yaxşi natija körsatişadi, 40 soatlik işçi hafta esa aqliy salohiyatning zaiflaşuviga olib keladi. 

Stenford olimlari esa kişi neça yoşda bölişiga qaramay, haftada 50 soatdan köp işlaş yaxşi samara bermasligini aytişgan. Tadqiqotçilar respondentlarning işlarini örganib, vazifalarni bajarişga 56 soat sarflagan kişilar muvaffaqiyati haftasiga 70 soat sarflaganlar natijasidan farq qilmaganligini aniqlaşgan - natijalar deyarli bir xil bölgan.