Kim Chen In kamikadze-dronlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni talab qildi
Pxenyan turli modeldagi dronlarni ishlab chiqarishni oshirmoqda. Shimoliy Koreya rahbari armiyani ular bilan jihozlamoqchi.
KXDR Milliy mudofaa akademiyasi dronlar instituti Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ishtirokida kamikadze-dronlarni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Koreya markaziy axborot agentligi 26 avgust, dushanba kuni. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan – dronlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘ylab uchib, nishonlarni topib, ularni yo‘q qilgan.
Kim Chen In kamikadze-dronlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish va Shimoliy Koreya armiyasini taktik piyoda hamda maxsus operatsiyalar bo‘linmalarida foydalanish uchun ushbu turdagi qurollar bilan tezkorlik bilan jihozlashga chaqirdi. Xususan, agentlik hisobotida suvosti dronlari, hujumkor dronlar va razvedkachi uchuvchisiz uchish qurilmalari tilga olingan.
KXDR avvalroq suvosti yadroviy dron sinovlari haqida e’lon qildi
2024 yil boshida Shimoliy Koreya yadroviy kallak bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan "Xeil-5-23" suvosti dron tizimini sinovdan o‘tkazayotganini e’lon qildi. KXDR Mudofaa vazirligi bu AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreyaning Yapon dengizida o‘tkazgan uch kunlik harbiy mashg‘ulotlariga javob ekanligini ma’lum qildi.
"Xeil-5-23" tizimining mavjudligini mustaqil tasdiqlash imkoni yo‘q. Pxenyanga ko‘ra, suvosti droni ilk bor o‘tgan yilning mart oyida sinovdan o‘tkazilgan va u dushman kemalari hamda muhim portlarga kutilmagan hujumlar uyushtirishga qodir.
KXDR Janubiy Koreyaga chiqindi sharlarini uchirishda davom etmoqda
KXDR raketa va uchuvchisiz uchoqlarni sinovdan o‘tkazish bilan bir vaqtda Janubiy Koreya tomon chiqindi solingan sharlarni uchirmoqda. May oyidan beri Pxenyan Janubiy Koreyaga chiqindi bilan to‘ldirilgan ikki mingdan ortiq shar jo‘natdi. Iyul oyi oxirida sharlardan biri Janubiy Koreya prezidenti idorasi binosiga tushdi.
KXDR rasmiylari janubiy qo‘shnisiga «samimiy sovg‘alar» chegara hududlarida Kim Chen In rejimini tanqid qiluvchi «targ‘ibot materiallari tarqatilishiga javob» ekanini aytdi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
09:51
OAV: Qozonga Ukraina dronlari hujum qildi
08:40 / 18.01.2025
Ukraina dronlari Kaluga yaqinidagi «Rosneft» neft bazasini yo‘q qildi
10:50 / 14.01.2025
Ukrain dronlari Rossiyaning bir necha regionlariga hujum qildi
18:45 / 12.01.2025