Pop tumani hokimining öğli bölgan “Jiydakapa baraka çorva” fermer xöjaligi rahbari 200 mln sömdan oşiq elektr tokini öğrilagani uçun qamoqqa olinib, 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Namangan viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati uni qamoqdan ozod etdi. Ayni şu sud şunday işda Jinoyat kodeksining bir xil moddasi bilan ayblangan oddiy fuqaroning apellyatsiya şikoyatini qanoatlantirmasdan, 2,5 yillik qamoqni asliça qoldirdi.

Boyning bolasi jinoyat qilsa – şöxlik, kambağalning bolasi şöxlik qilsa – jinoyat, degan eski gap bor. Namangan viloyatida eskilarning şu gapi neçoğlik haqiqat ekaniga dalil böladigan qiziq işlar bölmoqda.

Namangan viloyat sudining apellyatsiya instansiyasining 2024 yil 7 avgustdagi ajrimi bilan juda köp miqdorda öğrilik qilgan Sultonov Ğulom A’zamoviçga nisbatan çiqarilgan sud hukmi özgartirilib, u sud zalidan ozodlikka çiqarildi. “Daryo”ning yozişiça, Ğulom Sultonov Pop tumani hokimining öğli hisoblanadi.

Sud ajrimiga köra, sudlanuvçi Ğulom Sultonov özi rahbar bölgan Uyçi tumanidagi “Jiydakapa baraka çorva” fermer xöjaligiga qaraşli çorvaçilik kompleksi va sutni qayta işlaş sexini elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, elektr energiyasini yaşirin ravişda talon-toroj qilganlikda ayblangan. Zarar miqdori 200 mln 326 500 sömni taşkil qilgan.

Sudlanuvçi JIB Uyçi tuman sudi hukmiga köra, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandida (juda köp miqdorda öğirlik qiliş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlagan.

Namangan viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida hukm özgartirilişi natijasida sudlanuvçiga tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 3 yil muddatga ozodlikdan çeklaş jazosiga özgartirilgan. Mahkum sud zalidan darhol ozod etilgan. Hukmda yetkazilgan zarar qoplangani keltirilgan.

Bir hil holat – ikki xil munosabat

Namangan viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ayni şu kabi yana bir iş körib çiqilgan. Unda tadbirkor B.A. tijorat maqsadida hisoblagiçdan taşqari tabiiy gazga ulanib, davlat manfaatlariga 1 mlrd 8 mln sömlik tabiiy gazni öğrilik yöli bilan talon-toroj qilgani aytiladi.