Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova öqituvçilarning oyligi qaçon ming dollarga yetişi haqidagi savolga javob berdi. U hozirda 6 mingdan ortiq pedagog ustamalar bilan qöşgan holda şunça maoş olayotganini aytdi. Vazir örinbosari Temur Komilov ustozlarning hammasiga ming dollardan maoş tölanişini “utopiya” deb atadi.
28 avgust kuni Toşkent şahri Olmazor tumanidagi 298-maktabda maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi.
Unda nima sabab pedagoglarning aksariyati hanuzgaça va’da qilingan ming dollarlik maoşni ololmayotgani, bu nimalar bilan boğliqligi borasida savol berildi. Vazir bunga javoban 6 mingdan ortiq öqituvçi şunça summani olayotgani, bu raqam yildan yilga oşib borayotganini aytdi.
6 ming nafar öquvçi – tizimdagi jami öqituvçilarning 1,1 foizini taşkil etadi.
“Umuman öqituvçilarning oyligi oşişi biz uçun ham juda muhim. Va bu böyiça hozirda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda iş olib boryapmiz. Bir narsaga alohida töxtalib ötmoqçimanki, yaqinda toifa sinovlari bölib ötdi. Xabarlaring bor, toifadan ötgan ustozlarimiz, umuman toifadagi farqlar orasidagi qöşimça mablağlar, ya’ni oylik maoş kötarilişi töğrisida ham prezidentimizning topşiriqlari böldi, alohida iş olib borilyapti. Lekin bir narsani aytişim kerak, ming dollardan ortiq oylik olayotgan ustozlarimiz ham bor.
Har bir yönaliş böyiça talablar deymizmi, har bir sohaning KPI'lari bor, ya’ni bizda ham maktabgaça va maktab ta’limi tizimida ustozlarimizga bir qança yönalişlar qöyilgan. Misol uçun, agar toifasi yuqori bölsa, oyligiga qöşimça mablağ qöşiladi. Şu bilan birga, uzoq hududlarga borsa, 100 foiz ustama. Olimpiadaga öquvçilarni çiqargan bölsa, unga ham qöşimça ustama. Mana hozir ustozlar sertifikatsiyasiga ham mablağlar ajratilgan, yildan yilga xalqaro sertifikatlarga ega ustozlarimiz safi köpaymoqda.
Bir narsani aytişimiz kerak, vazir jamğarmasi oldinlari bölmagan, hozirda şu tizim ham yölga qöyildi. Bu tizimdan, imtihonlardan şaffof ötgan ustozlarimizga har oyligiga 5 mln söm qöşimça mablağ qöşiladi. Bu ham, albatta, rağbat. Bunda heç qanaqa çegara qöyilmagan, ming nafar yoki 2 ming nafar deb”, – deydi Umarova.
Anjumanda iştirok etgan vazirning moliya masalalari böyiça örinbosari Temur Komilov nima sabab oyliklar kamligiga izoh berdi.
“Maktab va maktabgaça bölgan pedagoglarning oyligini tölaş uçun bir oyda 3,5 trln söm birinçi xarajatlar sifatida amalga oşiriladi. Hozir aytib ötilganidek, 6 mingga yaqin [pedagog] 10 mln sömdan köproq maoş oladi. Bundan taşqari, hozir 3 mlndan 6 mln sömgaça olayotganlar 250 ming nafarga yaqinlaşib qoldi. Hozir 3,4 mln söm çiqişi ham, boşqasi ham – nima sabab deganda, bir narsani inobatga olaylik, aççiq bölsa ham [aytaman], köpçilikka yoqmasa ham, 434 ming pedagogik stavkaga 537 ming nafar pedagog işlab keladi. Bunisi ham bor, bular orasida örta maxsuslar ham, nafaqadagilar ham işlab keladi. Ya’ni sonidan kelib çiqqan holda 3,4 mln söm çiqişi yoki kimningdir oyligi kam çiqişi [mumkin], şuni ham inobatga oliş kerak.
















