Rossiyada 630 mingdan ortiq noqonuniy migrant bor. Bunday ma’lumotlar Içki işlar vazirligi yiğilişida taqdim etildi, deb yozdi «Kommersant».
Içki işlar vazirining birinçi örinbosari Aleksandr Gorovoyning tuşuntirişiça, mamlakatda böliş qoidalarini buzgan, ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoki noqonuniy mehnat faoliyati bilan şuğullanganlar noqonuniy migrant hisoblanadi.
Yiğiliş iştirokçilari nazorat ostidagi şaxslarning maxsus reyestrini yaratiş imkoniyatini muhokama qilgan - bu Rossiyadan deportatsiya qilinişi kerak bölgan muddati ötgan yoki bekor qilingan migratsiya hujjatlariga ega bölgan xorijiy fuqarolarning ma’lumotlar bazasi. Gorovoyning ta’kidlaşiça, agar hozir mamlakatdagi barça noqonuniy migrantlar uşbu reyestrga kiritilsa, «heç qanday IT infratuzilmasi buni qöllab-quvvatlamaydi». U birinçi navbatda kiçik jinoyat sodir etgan şaxslarga nisbatan amnistiya joriy etişni taklif qildi. Içki işlar vazirligi vakilining taklifini FXX kontrrazvedka xizmati rahbari Vladislav Menşikov qöllab-quvvatladi.
Gorovoy migrantlarni röyxatga oliş bilan boğliq muammolarga ham töxtalib ötdi. Köpgina uy egalari ularni röyxatdan ötkazişni xohlamaydi, çunki ular «bu qanday işlaşini» tuşunmaydi, şuning uçun migrantlar soxta röyxatga oliş bilan şuğullanadiganlarga murojaat qiladi. Bunday vaziyatda Rossiya Tergov qömitasi doimiy ravişda Içki işlar vazirligi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 322-moddasiga binoan noqonuniy migratsiyani taşkil etiş böyiça iş qözğatadi, çunki ular aslida manzilda yaşamaydigan odamdan röyxatga oliş töğrisidagi arizani qabul qilgan.
«Biroq, bizning xodimlarimiz bunday murojaatçilarni rad eta olmaydi va ular röyxatdan ötgan joyining haqiqiy yaşaş joyiga muvofiqligini ham tekşira olmaydi», dedi içki işlar vaziri örinbosari.
2023 yil ma’lumotlariga köra, 3,5 million mehnat migranti qonuniy ravişda Rossiyada bölib, ularning aksariyati Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston fuqarolaridir.

















