Rossiyaning Kamçatka yarimorolida 31 avgust kuni bedarak yöqolgan «Mi-8» vertolyotining qoldiqlari ekipaj oxirgi marotaba aloqaga çiqqan joydan 900 metr uzoqlikdan topildi.
Qayd etilişiça, havo kemasi dengiz sathidan 1556 metr balandlikda joylaşgan Vaçkajyets vulqoni tomon uyuştirgan parvozida halokatga uçragan.
«Vityaz-Aero» aviakompaniyasiga tegişli vertolyot bortida 22 kişi — uç nafar ekipaj a’zosi va 19 nafar yölovçi bölgan. «RBK» naşri manbalari yölovçilar orasida Rossiya futbol ittifoqining moliyaviy direktori Arseniy Zamyatin hamda uning rafiqasi ham bölganini aytmoqda.
Vertolyot ekipaji havo kemasi yöqolgan kuni soat 07:15 da aloqaga çiqişi kerak edi, ammo bu sodir bölmagan.
«Mi-8T»ni qidiriş işlariga boşqa bir vertolyot jalb etilgan. Şuningdek, qidiruvga yettita piyodalar guruhi (60 nafar mutaxassis) va 15 ta texnika safarbar qilingan. Rossiya FVVga köra, vertolyotni qidiriş işlari tunda ham davom etgan va 1 sentabr kuni uning qoldiqlari topilgan.
«TASS»ning tezkor xizmatlarga tayanib ma’lum qilişiça, vertolyot tepalikka qulagan va uning bortida bölganlarning heç biri omon qolmagan. «Halokat noqulay ob-havo şaroitida uçuvçi xatosi sabab yuzaga kelgan bölişi mumkinligi — asosiy versiya sifatida körib çiqilmoqda. Tumanda uçuvçi tepalikni payqamay, uning yonbağriga urilgan», — deyiladi halokat oqibatlarni bartaraf etiş böyiça ştab xabarida.
Ma’lumotlarga köra, vertolyotni Denis Bleşik ismli uçuvçi boşqargan. Uning sobiq hamkasbi Aleksey Astrotinning aytişiça, Denisda parvoz qilişga ruxsatnoma bölgan, iş tajribasi 12 yildan ortiq.

















