Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda amaldor daryoda cho‘kib ketdi. G‘avvoslar ish haqini olmaguncha uni qutqarishdan bosh tortgan
G‘avvoslar amaldorning do‘stlaridan 10 ming rupiya so‘ragan va pul kartaga tashlangandan keyingina suvga sho‘ng‘igan.

Foto: The Times of India
Hindistonda amaldor Gang daryosida cho‘kib ketdi, g‘avvoslar o‘z xizmatiga pul olmaguncha uni qutqarishdan bosh tortdi. Bu haqda Hindistonning The Times of India va Deccan Herald nashrlari xabar bermoqda.
Uttar Pradesh shtati sog‘liqni saqlash departamenti direktori o‘rinbosari 45 yoshli Aditya Vardxana Singxa 31 avgust kuni do‘stlari bilan daryo bo‘yida dam olgan. Yaxshi kadr olish uchun ular qayiqqa o‘tirib, cho‘milishga tavsiya etilgan zonadan nari ketishgan.
Ammo suratga olish vaqtida erkak sirg‘anib ketib, suvga qulagan.
“U suzishni bilgan, lekin kuchli oqim uni surib ketgan”, — deydi mutaxassislar. Qidiruvga nafaqat qutqaruvchilar, balki politsiya va xususiy g‘avvoslar ham qo‘shildi. 2 sentabr kungi ma’lumotlarga ko‘ra, erkakning jasadi haligacha topilmadi.
Adityaning do‘stlari aytishicha, amaldor daryoga qulaganida, g‘avvoslar 10 ming rupiya (121 dollar) to‘lanmaguncha uni qutqarishga kirishishdan bosh tortgan.
“Naqd pulimiz yo‘qligini aytsak, ular onlayn to‘lov talab qildi. Pul kelib tushib, ular suvga sakragunicha Adityani oqim surib ketdi” — deydi amaldorning do‘stlari.
Rasmiylar esa g‘avvoslar kater yoqilg‘isi uchun pul so‘ragan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
“Agar ayblovlarda zarracha haqiqat bo‘lsa, g‘avvoslarga qarshi qonuniy choralar ko‘ramiz”, — deb ta’kidladi politsiya.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

20:21 / 10.07.2025