Germaniya Ukrainaga harbiy yordamni kamaytiriş niyatida emas. Bu haqda 6 sentabr, juma kuni mamlakat mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyev ittifoqçilarining Reynland-Pfals federal yeridagi Ramştayn aviabazasida uçraşuvi çoğida DW naşri savoliga javoban aytib ötdi.
Saksoniya va Tyuringiya parlamentlariga bölib ötgan saylovlarda yordamni qisqartirişni talab qilgan partiyalar ajoyib natijalar körsatganini inobatga olib, Ukraina Germaniya harbiy yordamining qisqarişidan qörqişi kerakmi, degan savolga vazir şunday javob berdi: «Siz menga aniq, oddiy savol berdingiz va mening javobim ham aniq: yöq. Yoki boşqaça aytaylik: biz federal yerlar uçun muhim bölgan saylovlar haqida gapiryapmiz, bundan demokratlarning heç biri bilan xursand emas. Ammo biz fuqarolarning taxminan 10 foizi haqida gapirayotganimiz ham aniq. Germaniyada asl vaziyat boşqaça hamda biz şunday bölişini ta’minlaş uçun harakat qilmoqdamiz».
Ramştayndagi yiğilişda Boris Pistorius Germaniya Ukrainaga qiymati 150 million yevro bölgan yana 12 ta PzH 2000 öziyurar gaubitsa yetkazib berişini ma’lum qildi.
AQŞ Ukrainaga yangi yordam paketi ajratilganini e’lon qildi
AQŞ Mudofaa vazirligi Ukrainaga 250 million dollar miqdorida navbatdagi harbiy yordam paketini taqdim etişini e’lon qildi. Bu haqda 6 sentabr kuni Pentagon saytida ma’lum qilindi.
Xususan, Kiyev Vaşingtondan Stinger raketalari, HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun öq-dorilar, 155 mm va 105 mm artilleriya öq-dorilari, tankka qarşi Javelin va AT-4 tizimlari, Bradley piyoda jangovar maşinalari, M113 zirhli transport vositalari, patrul qayiqlari va boşqa narsalar oladi.
Kanadaning Ukrainaga yangi harbiy yordami
Öz navbatida, Kanada mudofaa vaziri Bill Bler ham xuddi şu tadbirda Ottava yaqin oylarda Ukrainaga qöşimça 80 840 ta «havo-yer» rusumli raketalarni, şuningdek, 1300 ta jangovar kallaklarni yuboriş niyatida ekanini ma’lum qildi.
«Kanada iyun oyida 2160 ta CRV7 raketasining dastlabki yetkazib berilişini e’lon qildi. Har bir CRV7 raketasi binolar, tanklar yoki askarlarni yöq qilişga möljallangan jangovar kallaklar bilan jihozlanişi mumkin», - deya xabar beradi Reuters. Ottava şuningdek, Kanada kuçlari endi foydalanmayotgan 29 ta M113 zirhli transport vositalari şassilari va 64 ta Coyote zirhli transport vositalarini sovğa qiladi, deya qöşimça qildi Bler.

















