Toshkentda festivalda jamoat tartibini buzgan 5 nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga bayonnoma tuzildi
Yunusobod tumanida o‘tkazilgan musiqa festivalida bir necha fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan.

Foto: IIBB
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda o‘tkazilgan musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzayotganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 6 sentabr kuni Yunusobod tumanida musiqa festivalining birinchi kuni o‘tkazilgan. Soat 18.00 dan 22.20 larga qadar bo‘lib o‘tgan tadbirda ko‘plab musiqa ixlosmandlari yig‘ilgan.
Xabarda aytilishicha, ular orasida bir necha fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan. IIO xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning shaxsi aniqlanib, 5 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Shuningdek o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqarolar tan jarohati olganligi haqida xabar kelib tushmagan. Ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raldi.
“Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Tashkil etilgan ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini saqlashni, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00 / 31.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
Sport | 02:38
-
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Fan-texnika | 01:07
-
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 00:35
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
Mavzuga oid

14:59 / 04.03.2025
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi tasdiqlandi

09:53 / 30.01.2025
Hindistonda festivaldagi tiqilinch kamida 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

15:42 / 14.01.2025
Hindistonda eng yirik festival boshlandi. Unga 400 mln kishi tashrifi kutilmoqda

11:45 / 29.11.2024