Moliyaviy piramidalardan ogohlantirişda davom etamiz. Navbatdagi yolğonlar “HNK media kompaniyasi”, “Cter” va “TAKORP” nomlari ostida işlamoqda. “HNK media kompaniyasi”ni telekanal va gazeta, hatto mahalla raisi hamda yettiligi ham faol tarğib qilyapti.

Aif va Whats platformalarining “izi sovimay” turib, odamlar yangi moliyaviy piramidalarga aldanişda davom etmoqda. Özbekistonni çirmovuq singari örab olayotgan har xil şubhali platformalar yangi usullarda “qurbonlar” topişga harakat qilyapti va bu maqsadga erişişlarida ularning tegirmoniga hududlardagi gazeta va telekanallar ham suv quyişni boşladi.

Özbekistonda moliyaviy piramidalar soni kun sayin köpayib bormoqda. Biri jabrlanuvçilarning pulini “yiğib-terib” yopilib ketsa, örniga boşqasi paydo bölyapti. Garçi odamlar orasiga kirib boriş usuli turliça bölsa-da, ularning işlaş sxemasi bir xil: depozitga pul qöy va işlamasdan şunçaki daromad ol.

Qöy terisiga yopingan tulki

HNK media kompaniyasini şunaqa atasa böladi. Negaki, uşbu platforma odamlarning “tiliga tuşiş” uçun ehtiyojmandlarga oziq-ovqatlar tarqatmoqda.

HNK media kompaniyasi özi nima?

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarida keltirilişiça, Heineken (HNK) media kompaniyasi 2016 yilda taşkil etilgan va boş qarorgohi London şahrida joylaşgan. U global kino reklama va media kompaniyasi hisoblanar ekan. Maqsadi kino va televideniye asarlarini global tarğib qiliş. Kompaniya ta’sisçilari Kevin Torn va Barri Jons ismli şaxslar ekani aytiladi.

“Epidemiyadan aziyat çekkan Özbekistonda bandlik darajasi pasayişda davom etmoqda. Özbekistonda iqtisodiy tiklanişni tezlaştiriş va barqaror ösiş sur’atlarini ta’minlaş maqsadida Heineken media kompaniyasi Özbekiston hukumati tomonidan xalqni iş bilan ta’minlaş uçun taklif qilingan edi”, deyiladi guruhda berilgan xabarlardan birida.

Uşbu jumlaning öziyoq HNKning yolğonlari foş etişga yetarli aslida. Ammo davlat va jamiyat hayotidagi yangiliklardan xabardor bölib bormaydigan insonlar toifasi bu gapga işonib qöyaqoladi.