Kun.uz'ga Enter Engineering kompaniyasining boşqaruv ofisida işlaydigan xodimlar ularga bir neça oydan beri maoş tölanmayotganidan şikoyat qilib murojaat yölladi.
“Sentyabrda bizga (ofis işçilariga) oylik iş haqi tölaşmayotganiga 6 oy böldi. Heç kimning bular bilan işi yöq, heç kimning bularga tişi ötmaydi. Iltimos, şu masala böyiça suriştiruv olib boring, zora holat yaxşi tomonga özgarsa”, – deyiladi murojaatda.
Ta’kidlanişiça, Boysundagi konda röy bergan avariya oqibatini yumşatiş harakatlari sabab oyliklar yana keçiktirilişi mumkin.
1 sentabr kuni texnogen ofat röy berib, atmosferaga vodorod sulfid gazi tarqagan Mustaqillikning 25 yilligi koni loyihasida Eriell va Enter Engineering kompaniyalari pudratçi sifatida qatnaşmoqda. Konni özlaştiriş böyiça boş pudratçi – Eriell. Gazni qayta işlaş zavodi, infratuzilma obektlari, gazni yiğiş, tayyorlaş va yetkazib beriş tizimini loyihalaştiriş, uskunalarni yetkazib beriş va quriş işlari esa “tayyor holda topşiriş” şarti bilan Enter Engineering kompaniyasiga yuklatilgan.
Murojaatda Enter Engineerinğning ofis xodimlari aprel oyidan beri oyliksiz işlayotgani, nima sababdan oylik berilmayotgani haqidagi savollarga rahbarlar javob bermayotgani, “şunçaki pul yöq” deyiş bilan kifoyalanayotgani, bir qator xodimlar işdan böşayotgani aytilgan. Işdan böşayotgan xodimlarning ayrimlari bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ham yozgan.

Avvalroq, Daryo.uz Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi 3-mis boyitiş fabrikasi qurilişida işlayotgan Enter Engineering işçilari Özbekiston mustaqilligining 33 yilligini pulsiz kutib olgani haqida yozgandi. Xodimlar 2024 yilning may oyi uçun “avans” berilganini, öşandan beri maoşsiz işlab kelişayotganini aytişgan.











