Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzib katta tezlikda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan va o‘z yo‘lidan kelayotgan Lasetti bilan to‘qnashgan.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 3 sentabr kuni sodir bo‘lgan.
Zomin-Jizzax yo‘nalishida harakatlangan Nexia mashinasi haydovchisi tezlikni me’yordan oshirgan va quvib o‘tish qoidalarini buzib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan.
Shunda, Nexia o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan Lasetti mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexianing 42 yoshli haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida, uning 66 yoshli yo‘lovchisi esa shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:18 / 13.10.2024
Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
11:22 / 13.10.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda skuter haydovchisi halok bo‘ldi
14:06 / 11.10.2024
Ruldagi bola qamalar, Gentra’ni ijaraga bergan-chi? Noqonuniy mashina ijarasi o‘smirlar o‘limiga sabab bo‘lmoqda
12:14 / 11.10.2024