Farğona viloyati Özbekiston tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida haydovçi halok bölgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
“Ruxsor” telekanalida berilgan lavhada aytilişiça, 61 yoşli haydovçi “Lasetti” maşinasi bilan Özbekiston tumani “Oqtepa” MFY hududidan ötgan yölda harakatlanib ketayotganida soğligi yomonlaşgan.
Şunda “Lasetti” qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va öz yölidan harakatlanib kelayotgan kiçik yuk maşinasi bilan töqnaşgan.
Hodisa oqibatida “Lasetti” haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bölgan.
Qayd etilişiça, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar dastlabki suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
















