Özbekiston elçixonasi ma’lumotiga köra, haftalik tadbirlarida qatnaşiş uçun Polşa Madaniyat va milliy meros vazirligi davlat kotibi Bojyena Jyelazovska, Belostok şahri meri Tadeuş Truskolaski boşçiligidagi delegatsiya taşrif bilan böladi.
Özbekiston va Polşa hamkorlik haftaligi ikki tomonlama siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş maqsadida taşkil etilmoqda.
Haftalik davomida Toşkentda Özbekiston-Polşa ayollari forumi, Xorazm viloyatida Özbekiston va Polşa qöşma biznes-forumi, Toşkent va Urganç şaharlarida Anna German kuylari "Sevgi aks-sadosi" nomli konsert, Özbek-polyak tarixçilari komissiyasi yiğilişi hamda bir qator uçraşuv va muzokaralar ötkazilişi rejalaştirilgan.
















