SpaceX kompaniyasi bortida oddiy fuqarolardan iborat Polaris Dawn tijoriy missiyasini kosmosga uçirgani töğrisida xabar berilgandi. Missiya jamoasi taxminan 700 kilometr balandlikka kötarilib, öz vazifasini bajarişga kirişdi.

Qayd etilişiça, milliarder Jared Ayzekman oçiq kosmosga çiqişni amalga oşirgan tarixdagi ilk noprofessional astronvat böldi. U Polaris dasturi investorlaridan biri va missiya rahbari hisoblanadi. «Uyda işimiz juda köp, ammo bu yerdan sayyoramiz ideal olamdek körinadi», — deydi u.

Ayzekmanning ortida kosmosga SpaceX’ning astronavtlarni tayyorlaş böyiça mutaxassisi Sara Gillis çiqdi. Keyinroq ular özlarning kosmik kemasiga muvaffaqiyatli qaytgan.

Xususan, missiya ekipaji SpaceX tomonidan işlab çiqarilgan yangi Extravehicular Activity (EVA) skafandrlarini sinovdan ötkazişi kerak. Taxminlarga köra, undan Oy va Marsga amalga oşiriladigan missiyalarda foydalaniladi. Ta’kidlanişiça, EVA oldingi modellardan köra astronvatlarning erkinroq harakatlanişini ta’minlaydi, uning şlemiga esa displey va kemera örnatilgan.

Professional bölmagan ekipajdan iborat Crew Dragon kapsulasi 10 sentabr kuni Florida ştatidagi Kanaveral burnidan uçirilgan edi. Kosmik kema bortida Jared Ayzekman va Sara Gillisdan taşqari AQŞ Harbiy-havo kuçlarining iste’fodagi podpolkovnigi Skott Potit va SpaceX’ning kosmik operatsiyalar böyiça yetakçi muhandisi Anna Menon ham bor.

Beş kun davom etadigan missiya doirasida ular Yerdan 1,4 ming kilometrga uzoqlaşadi — kosmonavtlar 1975 yilda Oyga parvozni amalga oşirgan «Apollon» kosmik dasturidan beri bu qadar uzoqqa uçmagan. Taqqoslaş uçun: xalqaro kosmik stansiya Yerdan 400 kilometr balandlikda joylaşgan.