Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydan O‘zbekistonga aviaparvozlar soni oshiriladi
O‘zbekiston va Xitoy aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida 10 sentabr kuni Transport vazirligida Xitoyning China Southern airlines aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnovlar hajmini oshirish va parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etilgan.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra, China Southern airlines aviakompaniyasining Pekin – Toshkent yo‘nalishida haftalik aviaqatnovlarini 4 tadan 7 taga oshirish, Urumchi – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlarini esa 3 tadan 4 taga oshirish kelishildi.
Shuningdek, 2025 yildan boshlab Guanchjou – Urumchi – Toshkent yo‘nalishida haftasiga 3 ta aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi.