16 sentabrdan köçga kiradigan qoida kelgusi yilning 15 martigaça Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya va Daniya bilan çegaralarda amal qiladi.

Bundan taşqari may oyidan beri Avstriya bilan, iyun oyidan beri Şvetsariya, Polşa va Çexiya bilan, iyul oyidan boşlab Fransiya bilan çegaralar nazorat qilinmoqda. Ta’kidlaş kerakki, Germaniya bunday qadamni qöygan yagona davlat emas: şu yilning Şengen hududidagi 10 ta mamlakat terrorizm bilan kuraşiş va noqonuniy immigratsiyani nazorat qiliş kabi sabablarga köra, öz çegaralarining ayrimlarida nazoratni tikladi.

Ammo bunday nazorat ayniqsa, çegara yaqinida istiqomat qiluvçilar va mamlakatlar orasida tez-tez safar qiluvçilarga noqulaylik tuğdirişi mumkin. Masalan, Belgiyaning şarqiy qismida, çegaradan bir neça kilometr narida joylaşgan nemis tilida sözlaşuvçi Eypen şahri aholisi bundan xavotirda.

Köpçilik arzonroq tovarlar va kengroq tanlov izlab Germaniyaga xarid uçun boradi, endi bu qiyinlaşişi mumkin.

“Agar dökonlarda yuriş muammoga aylanadigam bölsa, men bu çoraga rozimasman. Erkin harakatlaniş muhim deb öylayman, çunki biz çegara hududida joylaşganmiz va har bir davlat çet eldan biror narsani import-eksport qilişga majbur”, — dedi Belgiyada 20 yil yaşagan va belgiyalik ayolga uylangan Germaniya fuqarosi Andreas Euronews naşriga.

Çegarani kesib ötayotgan yuk maşinalari haydovçilari esa nazorat uçun qöşimça 15 daqiqa yöqotişdan xavotir olmayapti. Ularning ba’zilari bir neça oydan beri amalda bölgan boşqa çegaralardagi tekşiruvlarga örganib qolişganini aytdi. Angliyalik haydovçi Pol nemis politsiyasi boşqalardan ança tezroq işlaşini ta’kidladi.

U tekşiruvlar haydovçilarga noqulaylik tuğdirsa-da, Germaniya hukumatining immigratsiyani nazorat qiliş çoralarini joriy etişini töğri deb hisoblaydi.

“Olti oy oldin töxtab turgan yuk maşinamga bir neçta muhojirlar kirib, yaşirinib olibdi. Ular menga sezdirmay çegaragaça kelgan, söng töxtaganimda, piçoq bilan brezentni kesib, sakrab qoçişdi”, — dedi u.

Biroq nazoratning qaytarilişi, ayniqsa, Şengen hududi taşkil etilişidan oldin yaşagan va Yevropa çegaralarida uzoq davom etadigan tekşiruvlarni eslaydigan kişilarning ğaşini keltirmoqda.

“Talabalik paytimda Berlinga borgandim va şaharning ikki qismga bölinganini körgandim. Hozir bu yangilikni eşitganimda, öşa davrlarga qaytmaylik-da deb öyladim, çunki u paytlar rostdan ham yomon edi. 1980 yillarda avtobusdan tuşişimizga töğri kelardi, ular barça pasportlarimizni, avtobusni va yuklarimizni tekşirişardi”,