Şu nuqtai nazardan, joriy yil 27 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlar deputatligiga bölib ötadigan saylovlarda iştirok etişga qaror qilgan siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari köpçilikda qiziqiş uyğotişi tuşunarli holdir.

Mazkur saylovoldi dasturlarining mafkuraviy va ğoyaviy mazmuni, maqsad va vazifalarining qiyosiy tahlili ularning umumiy ahamiyatga ega muştarak jihatlarini, şuningdek, har bir partiyaning öziga xos mafkuraviy-ğoyaviy qaraşlarini ajratib körsatiş imkonini beradi.

Siyosiy partiyalar tomonidan e’lon qilingan saylovoldi dasturlarining mafkuraviy asosida liberal demokratik ğoyalar (Özbekiston liberal-demokratik partiyasi -ÖzLiDeP), konservativ ğoyalar (“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi), sotsial-demokratik ğoyalar (Xalq demokratik va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi) hamda ekologizm (Ekologiya partiyasi) mafkuralarining ustuvorligini köriş mumkin.

Liberal-demokratik va konservativ ğoyalar

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining (ÖzLiDeP) saylovoldi dasturida mamlakatni qudratli, erkin va farovon davlatga aylantiriş ğoyasi markaziy örin tutadi. Partiya iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş, xususiy sektor uluşini oşiriş va bozor tamoyillarini joriy qilişni ustuvor hisoblaydi. Bu boradagi islohotlar davom etişi ÖzLiDePning strategik rejasida bayon qilingan.

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi milliy madaniyat va qadriyatlarni himoya qiliş, milliy tarbiyani yuksaltiriş, davlat tili va milliy axborot makonini rivojlantirişga urğu beradi. Partiya jamiyatni milliy qadriyatlar asosida rivojlantirişni maqsad qilib, özga madaniyatlarga murosasiz yondaşadi.

Har ikki partiya öng ğoyalarga tayangan holda bir qator öxşaşliklarga ega bölsa-da, “Milliy tiklaniş” milliy ma’naviyatni, ÖzLiDeP esa iqtisodiy islohotlarni ustuvor qöyadi.

Iqtisodiy islohotlar va turmuş farovonligini oşiriş ğoyalari

Iqtisodiy hayotni yuksak rivojlangan darajada taşkil etiş masalasiga partiyalar markaziy nuqta sifatida qaraşgan. Barça partiyalarda islohotlarni çuqurlaştiriş, yangi ösiş nuqtalarini közlaşda öxşaşliklar mavjud. Öz navbatida, partiyalarning iqtisodiy qaraşlarida konstruktiv raqobatga, bahslarga, turli talqinlarga sabab böladigan öziga xos takliflar mavjud.

Masalan, Liberal-demokratik partiyaning iqtisodiy strategiyasi mamlakatimizda amalga oşirilayotgan iqtisodiy siyosatga mosligi, belgilangan vazifalarni amalga oşiriş imkoniyatlari aniq hisoblangani bilan boşqa partiyalardan farq qiladi. ÖzLiDeP iqtisodiy jarayonlarda davlat iştirokini kamaytirişga xamda sodda va adolatli soliq siyosati uçun