5 oktyabr kuni siyosiy partiyalar raislari örtasida 2024 yilgi saylovoldi jarayonlari doirasida debat bölib ötdi. Debat jarayonida beşta siyosiy partiyaning rahbarlari öz saylovoldi dasturlari bilan taniştirib, ularning asosiy yönalişlari va ğoyalarini jamoatçilikka yetkazişdi.
Debat 2 raundda taşkil etilib, birinçi raundda Spikerlar ikki daqiqalik murojaatlar bilan çiqiş qilişdi, saylovçilarga saylovoldi dasturini taqdimot qilib, uning asosiy jihatlarini bilan taniştirib, ilgari surilgan taşabbus, ğoya, takliflarni yoritib berişdi.
Ikkinçi raundda partiya raislari zaldagi saylovçilarning savollariga töğridan-töğri javob berişdi. Partiya raislariga qoida tariqasida törttadan savol beriş imkoniyati taqdim qilindi. Partiya rahbarlari berilgan savollarga ketma-ket javob berişdi. Spikerlar ajratilgan yetti daqiqa içida törttadan köp savolga javob berişga ruxsat etildi. Bir savol uçun javob berişga örtaça bir yarim daqiqa vaqt ajratildi.
Debat "Özbekiston-24", "Uzreport TV", "Sevimli", "Zör TV", "Renessans", "Mening yurtim", "Dunyo böylab" telekanallari, şuningdek, "Xalqaro press klub"ning Facebook va YouTube sahifalari hamda "Saylov-2024" telegram kanali orqali ham jonli efirda namoyiş etildi.
















