2026 yil 1 apreldan Özbekistonda davlat tibbiyot muassasalarining iş vaqti rejimi olti kunlikdan beş kunlik iş haftasiga ötkaziladi. Bu prezidentning tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qöllab-quvvatlaş töğrisidagi qarorida közda tutilgan.

Hujjatda «tibbiyot muassasalari faoliyatining uzluksizligini ta’minlaş maqsadida bayram va dam oliş kunlari ularning işi navbatçilik asosida taşkil etilişi» ma’lum qilingan.

8 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan yöllangan tabrigida soha vakillarining xizmatlari yuksak baholanişini, ular uçun moddiy va ijtimoiy şaroitlar bosqiçma-bosqiç yaxşilanişini ta’kidlagandi. Xususan, tabrikda moliyalaştirişni oşiriş, raqamlaştiriş va kadrlar tayyorlaşga doir ustuvor vazifalar belgilab berilgandi.