Amerikaning Intel texnologik giganti Germaniyada çiplar işlab çiqarişga möljallangan majmuaning qurilişini töxtatib qöydi. Kompaniya rahbari Pet Gelsinjyerning sözlariga köra, loyihani amalga oşiriş ikki yilga keçiktiriladi.

Yarim ötkazgiçlarni işlab çiqarişga ixtisoslaşgan ikkita zavoddan iborat majmuaning qurilişi Germaniya tarixida eng yirik töğridan-töğri xorijiy investitsiya bölişi kutilayotgan edi: u 30 milliard yevroga baholangan, mablağlarning uçdan bir qismi — 9,9 milliard yevroni Germaniya hukumati subsidiya şaklida taqdim etişga tayyor edi.

Şunga qaramay, hozirda yöqotişlarga uçrayotgan kompaniyaning xarajatlari ortib ketgan. «Biz raqobatbardoş xarajatlar tuzilmasini yaratiş va 10 milliard dollar tejaş maqsadimizga erişiş uçun zudlik bilan harakat qilişimiz kerak», — deydi Gelsinjyer. Şuningdek, u Polşada ham mikroçiplar zavodini quriş töxtatilganini ma’lum qildi.

Öz navbatida Germaniya iqlim himoyasi va iqtisodiyot vaziri Robert Xabek qurilişning keçiktirilişini korxonaning korporativ siyosatga aloqador içki qarori ekanini bildirdi.

Germaniya hukumati Intel zavodini quriş uçun ajratiladigan mablağlarni endi qayerga yönaltirişni muhokama qilmoqda. Şu bilan birga, Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner Intel loyihalari uçun möljallangan subsidiyani federal budjetning 12 milliard yevrolik defitsitini kamaytirişga yönaltirişni taklif qildi. «Intel uçun möljallangan barça mablağlar hal etilmagan moliyaviy muammolarni qisqartiriş uçun federal budjet zaxirasiga olinişi kerak», — deb yozadi Moliya vaziri rahbari özining X tarmoğidagi sahifasiga.

Germaniya kansleri Olaf Şols ham Intel uçun ajratiladigan davlat yordamining bir qismini budjetdagi kamçiliklarni yopişga yönaltirilişini istisno etmadi.